Alfonso Devis: «O'zimni yana o'zimdek his qilyapman»
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Alfonso Devis: «O'zimni yana o'zimdek his qilyapman»

Alfonso Devis «Bavariya»dagi joriy mavsumi haqida fikr bildirdi:

«Men o'zimni a'lo darajada his qilyapman. O'ylashimcha, uzoq vaqtdan beri ilk bor yana haqiqatan ham o'zimdek bo'la oldim. Mavsum boshlanganda oldimga bitta maqsad qo'ygandim: o'tmishda sodir bo'lgan barcha narsani ortda qoldirib, buni yangi boshlanish sifatida qabul qilish. Men o'zimni qayta tiklashni va intilgan joyimga qaytishni xohladim.
Men qo'limdan kelgan barcha ishni qildim — fizioterapiyadan tortib, ovqatlanish va uyquga e'tibor qaratishgacha. Yana o'zimdek his qilish, o'zim xohlagandek o'ynash, tiniq fikr va muammosiz harakat qilish — bu juda ajoyib. Har safar maydonga tushganimda, shunchaki minnatdorchiligimni izhor etishni istayman. Futbol menga hayotda orzu qilgan barcha narsamni berdi va maydonga tushganingda, o'yinga hurmat bilan qarashing kerak. Sen tinimsiz mehnat qilishing va bor kuchingni berishing, doimo o'z to'siqlaringni yengib o'tishga urinishing kerak».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!