Vensan Kompani "Bavariya"ning yangi mavsumdagi maqsadlari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 13

Vensan Kompani "Bavariya"ning yangi mavsumdagi maqsadlari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi

Vensan Kompani Maykl Olise atrofidagi mish-mishlar va uning shaxsiy hayotiga oid savollarga javob berdi:

Bu mavzu men uchun hech qachon ochiq bo'lmagan. Qolganlari esa shaxsiy hayot, bu sizning ishingiz emas. U hozir ta'tilda va buni munosib o'tkazishi kerak.

Ertangi o'yin sardori haqida:

Manu o'yinni boshlaydi va u sardor bo'ladi.

FIFA va Infantino haqida:

Mening qat'iy fikrim bor. Ammo mavsumoldi tayyorgarlik boshlangandan beri bu diqqat markazimda emas. Gazeta o'qishga vaqtim yo'q. Bu mening ishim emas, lekin ko'p gap-so'zlar bo'layotgan ekan, demak nimadir sodir bo'lmoqda. Biror narsa deyishdan oldin vaziyatni chuqurroq o'rganishni istayman.

Darvozabonlar holati bo'yicha:

Manu bizning birinchi raqamli darvozabonimiz, buni aniq aytishni yoqtiraman. Lekin biz Yonas Urbigni yaxshi ko'ramiz. Uning rivojlanishida davom etishini istaymiz. U kubok finalida va Chempionlar ligasining muhim bahslarida o'ynadi. Maqsad — unga o'yin amaliyotini berish. Qachon va qanday bo'lishini mavsum davomida ko'ramiz.

Ertangi raqib haqida:

Aston Villa — juda yaxshi murabbiyga ega top jamoa. Ularning tarkibi keng va iqtidorli futbolchilari ko'p. Ular bizdan ko'ra ko'proq o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi, ammo bu biz uchun yaxshi sinov. Jamoamizning jismoniy holati haqida ko'p narsalarni bilib olamiz.

Mavsumdagi maqsadlar haqida:

O'tgan mavsumni yaxshilash qiyin, gap faqat sovrinlarda emas, balki kiritilgan gollar va o'yinlar sonida ham. Bu imkonsiz emas, lekin qiyin. Hozir maqsadimiz — Chempionlar ligasini yutish, bunga shubha yo'q. Bundesliga, Kubok va Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun butun jamoa sog'lom va tayyor bo'lishi kerak.

Premyer-liga va Bundesliga solishtiruvi:

Ligalar o'rtasidagi solishtiruvlar juda oddiy, moliyaviy resurslarga qarash kerak. Premyer-ligada eng katta mablag' bor, shuning uchun u dunyodagi eng yaxshi liga. Menimcha, Bundesliga ikkinchi o'rinda. Premyer-ligada iqtidorlar ko'p, chunki katta pul bilan ko'plab yulduzlarni sotib olish mumkin. Ammo Bundesligada kuchli muxlislik madaniyati va har bir klubda yetishib chiqayotgan iqtidorli o'yinchilar bor.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!