Maks Eberl "Bavariya"ning transfer rejalarini va mavsumdagi maqsadlarini ochiqladi
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Maks Eberl "Bavariya"ning transfer rejalarini va mavsumdagi maqsadlarini ochiqladi

Maks Eberl transfer nomzodlari haqida:

Mening fikrimcha, bu boradagi pozitsiyamiz aniq. U 3 kun ichida o'zgargani yo'q. Transfer bozori o'ta o'zgaruvchan. Katta transferlar amalga oshirilmoqda. O'ylaymanki, avgust oyi juda qizg'in o'tadi. Biz nimalar sodir bo'lishiga, qaysi klublar qiziqish bildirayotganiga, qaysi klublar Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasiga yo'llanma olib, o'yinchilarga muhtoj bo'lishiga bog'liqmiz. Harakatlar bor, buni ayta olaman. Yigitlarning bozori bor, ammo yaqin kunlarda biror narsa sodir bo'lishini hozircha ayta olmaymiz.

Mavsumdagi maqsadlar haqida:

O'tgan mavsumimiz ajoyib o'tdi. Maqsad — bu natijani takrorlash. Shuni unutmasligimiz kerakki, bu o'z-o'zidan bo'lmaydi, bu katta mehnat va aniq strategiya mevasi. Ha, biz ligani favorit sifatida boshlaymiz. O'ylaymanki, "Dortmund", "Leyptsig", yangi murabbiy va yangi o'yinchilarga ega "Leverkuzen" raqobatchilarimiz bo'ladi, garchi transfer oynasi hali yopilmagan va biz ularni to'liq baholay olmaymiz. Ehtimol, 1-2 ta kutilmagan jamoalar ham paydo bo'lar. Biz favorit ekanligimizni anglaymiz va cho'qqida qolib, yana chempionlikni qo'lga kiritmoqchimiz, yangi mavsumdagi maqsad shu. O'tgan mavsumda dubl qayd etib, yuqori marra o'rnatdik. Uchinchi musobaqada [Chempionlar ligasi] yana bir o'yin o'tkazishni istardik. Biz buning ustida ishlaymiz.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!