#Xiroki Ito — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Hiroki Ito «Bavariya»da qoladi

Hiroki Ito «Bavariya»da qoladi

«Bavariya» sport direktori Kristof Froynd Hiroki Itoning klubdagi kelajagi haqida gapirdi. Himoyachi jamoada qoladi.

Hiroki Itoni sotish masalasi so'nggi kunlarda klub ichida muhokama qilingan edi.

Hiroki Itoning qolishi uchun aynan Vensan Kompani kurashdi, chunki u tarkibning haddan tashqari qisqarib ketishini istamadi. Shu sababli klub Itoni saqlab qolish bo'yicha yakuniy qarorga keldi.

Kristof Froynd Hiroki Ito haqida shunday dedi:

Hirokini qo'yib yuborish niyatimiz umuman bo'lmagan. U muhim o'yinchi va uzoq vaqtdan beri yana to'liq formada. Agar aqlbovar qilmas taklif kelib tushganida va Hiroki o'zi bu transferni o'ylab ko'rishi mumkinligini aytganida, biz buni ko'rib chiqardik, ammo qolgan holatlarda bu hech qachon jiddiy muhokama mavzusi bo'lmagan.

Bild

Hiroki Ito «Ayaks»ga taklif qilindi

Hiroki Ito «Ayaks»ga taklif qilindi

«Bavariya» himoyachisi Hiroki Ito Amsterdamning «Ayaks» klubiga taklif qilindi. Transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qoldi.

Hiroki Ito «Ayaks»ga taklif qilindi!

👀 Amsterdam klubi «Bavariya» himoyachisini tarkibni kuchaytirish varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.

⌛ O'tish so'nggi daqiqalarda amalga oshishi mumkin — Niderlandiyada transfer oynasi chorshanba kuni yopiladi.

ℹ️ Kessler Philipp