Vensan Kompani:
Birinchi taym «Shalke»ga qarshi o'yinga biroz o'xshash bo'ldi. Sabrli bo'lishimizga to'g'ri keldi. Vaziyatlarimiz ko'p emasdi, lekin baribir bir-ikkita gol urishimiz mumkin bo'lgan vaziyatlar yuzaga keldi.
Ikkinchi bo'limda kerakli pallada gol urdik va keyin yana ustunlikni oshirdik. Haqli g'alaba.
Jamal Musiala haqida:
Hamma uning uchun xursand bo'ldi, stadiondagi 75 ming tomoshabin va televizor qarshisidagi insonlar ham. Uning vaqti kelishini bilardik. U juda muhim gol urdi.
Bu Jamal uchun ajoyib, umid qilamanki, endi e'tibor faqat uning o'yiniga qaratiladi. U boshqa mavzularni qanday boshqarishni biladi va bizning to'liq qo'llab-quvvatlashimizda davom etadi.
Mavsum boshidagi holat haqida:
Biz yaxshi pozitsiyadamiz. Hali o'z ritmini tiklayotgan futbolchilarimiz bor. Kontrpressing, pressing, energiya — barchasi ijobiy. Sifat va detallar borasida yaxshilashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, ular ustida ishlayapmiz.
To'liq tayyor Jamal — o'tgan mavsumning ko'p qismini usiz o'tkazganimizni hisobga olsak, biz uchun katta bonus. Alfonso Devis ham ritmga qaytmoqda. Ammo har doimgidek, har bir o'yinning o'z tarixi bor. Keyingi o'yinlarda nima bo'lishini ko'ramiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!