Toni Kroos Lamin Yamalning «Atletiko»ga qarshi o'yini haqida
БАРСЕЛОНА ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Toni Kroos Lamin Yamalning «Atletiko»ga qarshi o'yini haqida

Toni Kroos Lamin Yamalning «Atletiko Madrid»ga qarshi o'yini haqida:

Birinchi 25 daqiqada Yamalning harakatlari shunchaki aqlbovar qilmas darajada edi. Go'yo u yolg'iz o'zi o'yin borishini o'zgartira oladigandek tuyuldi.

Deyarli har bir xavfli hujum aynan uning ishtirokida tashkil etildi. Qolaversa, Lamin shunchaki qulay pozitsiyalarda to'p qabul qilib qolmay, raqiblarini aldab o'tib, vaziyatlarni o'zi yaratdi.

Bir lahza shunday tuyuldiki, u jamoadoshlariga: «Shunchaki to'pni menga uzating, biz o'yinni o'zgartiramiz», deyishga tayyor edi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!