Gonsalo Garsiya «Real Madrid»dagi 12 yillik faoliyatiga yakun yasadi va klub bilan xayrlashuv maktubini e'lon qildi.
💭 Gonsalo Garsiyaning xayrlashuv so'zlari:
Bolalikdagi orzu shunchaki orzu bo'lishdan to'xtaganiga o'n ikki yil bo'ldi.
Ushbu libosni har safar kiyganimda bor kuchimni berganimdan qoniqish hissi bilan, minnatdorchilikka to'la yurak va «Real Madrid» hamisha men kimligimning bir qismi bo'lib qolishiga ishonch bilan ketyapman.
Men o'zim uchun unutilmas damlarni baham ko'rgan va hayotimning ushbu ajoyib bobida menga yordam bergan barchadan juda minnatdorman. Ayniqsa, sizlardan, madridistlar, birinchi kundan oxirgi kungacha menga o'z muhabbatingizni hadya etganingiz uchun. Bu men hech qachon unutmaydigan imtiyoz.
Ushbu gerbni himoya qilish hayotimdagi eng katta g'urur edi.
Hamisha va abadiy. Abadiy minnatdorman. Hala Madrid!
Moretto xabariga ko'ra, «Fulxem» Gonsalo Garsiyani transfer qilish uchun katta mablag' ajratishga tayyor.
Moretto (Relevo sobiq jurnalisti) xabariga ko'ra, «Fulxem» Gonsalo Garsiya uchun juda katta taklif bilan chiqishga tayyor. Angliya klubi hujumchini o'z safiga qo'shib olish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.
22 yoshli tarbiyalanuvchi Arbeloa uchun «Fulxem» hujum chizig'ini kuchaytirishda asosiy variant hisoblanadi.
Pepe Alvares xabariga ko'ra, Gonsalo Garsiya yaqin kunlarda boshqa klubga o'tishi mumkin. «Real» bu transferdan 50 million yevro ishlab olishi kutilmoqda.
🛑 Pepe Alvares ma'lumotiga ko'ra:
Agar bu amalga oshsa, «Real» o'yinchi transferidan taxminan 50 million yevro ishlab olishi mumkin.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Fulxem Gonsalo Garsiyani o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq Madrid klubi futbolchini saqlab qolishga urinmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra:
Mourinyuga Gonsalo juda yoqadi va murabbiy 22 yoshli futbolchini Madridda saqlab qolishni istaydi. Biroq, ispaniyalik futbolchi Fulxem uchun hujum chizig'ini kuchaytirishda asosiy maqsad hisoblanadi.
Shu bois, inglizlar Gonsalo transferi uchun salmoqli mablag' to'lashga tayyor, ammo faqat to'liq sotib olish sharti bilan. Madrid esa har qanday holatda ham tarbiyalanuvchining huquqlaridan ma'lum bir foizni o'zida saqlab qolishni istamoqda.
Migel Serrano xabariga ko'ra, «Real» tarkibdagi ayrim futbolchilarni sotib yuborganidan so'nggina yosh o'yinchilar taqdirini hal qiladi.
Migel Serrano xabariga ko'ra, klub tarkibdagi ayrim futbolchilarni sotib yuborganidan so'nggina Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiyaning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.
Migel Serrano: Faqat ushbu futbolchilar sotilgandan keyingina Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiyaning kelajagi bo'yicha qaror qabul qilinadi.
Alvaro Arbeloa "Uimbldon"ga qarshi o'yin oldidan "Chelsi" bilan bahs va jamoa transferlari haqida gapirdi.
Alvaro Arbeloa "Uimbldon"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida quyidagilarni ta'kidladi:
"Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin natijadan xafa bo'ldim, ammo jamoaning xarakteri va o'ziga xosligi menga juda yoqdi. Bilmayman, yana qancha jamoa "Chelsi" ustidan biz kabi ustunlik qila oladi. Gonsalo Garsiya ajoyib debyut qildi va gol urdi, lekin unga ham, Sezar Palasiosga ham ingliz futboliga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi. Tarkibdan mamnunman, biroq uni yanada kuchliroq va muvozanatliroq qila olishimizni tushunamiz — transfer oynasi yopilgunga qadar mumkin bo'lgan kuchaytirishlar bo'yicha muhokama qilamiz. Men uchun yosh va tajribali o'yinchilarning uyg'unligi hamda kiyim almashtirish xonasidagi muhit juda muhim. O'yinchilar o'zlarini haqiqiy jamoaning bir qismi deb his qilishlari kerak. Endi biz butunlay "Uimbldon"ga va rivojlanishimizni davom ettirishga e'tibor qaratganmiz".
«Fulxem» «Real» tarbiyalanuvchisi Gonsalo Garsiyani 40 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib oldi. Bitim tafsilotlari bilan tanishing.
«Fulxem» «Real» bilan 22 yoshli ispaniyalik hujumchi Gonsalo Garsiyaning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bitim 40 million yevro va qo'shimcha 2 million yevro bonuslarni o'z ichiga oladi. Futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolandi.
Moliya jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak:
Gonsalo Garsiya «Madrid» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, shuning uchun transfer summasining barchasi sof foyda hisoblanadi (40 million yevro darhol, bonuslar esa faollashganda). Maosh borasidagi tejamkorlik esa 2 million yevroni tashkil etadi.
«Real» shuningdek, futbolchining kelajakdagi sotuvidan 30 foiz ulush va uni qayta sotib olish huquqini (bay-bek) saqlab qoldi.
«Fulxem» uchun transfer yiliga 8 million yevroga tushadi, bunga maosh ham qo'shiladi. Bonuslar esa faollashgan taqdirda xarajatlar qatoriga kiritiladi.
Bu bitim barcha tomonlar uchun manfaatli, ammo «Real»ning ustunligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Madridliklar o'z tarbiyalanuvchisini 40 million yevro sof foydaga aylantirmoqda. «Fulxem» esa APL bozori uchun maqbul shartlar evaziga sermahsul hujumchini o'z safiga qo'shib oldi. Aynan Arbeloa qo'l ostida Gonsalo yangi darajaga chiqdi – 2023/24 yilgi mavsumda uning 35 ta goli Madrid U19 jamoasiga tarixiy treblni taqdim etdi, keyin esa «Kastilya» safida 36 o'yinda 29 ta samarali harakat (25+4) qayd etdi. Kelajakdagi sotuvdan ulush va bay-bek shartlari «Real»ning tarbiyalanuvchilarni sotishdagi an'anaviy qat'iy talablari hisoblanadi. Ularsiz futbolchining «Fulxem»ga o'tishi qiyin bo'lardi.
Moretto xabariga ko'ra, "Fulxem" "Real" futbolchilari Gonsalo va Palasiosni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Moretto (sobiq Relevo jurnalisti) xabariga ko'ra: "Fulxem" "Madrid"ga Gonsalo bo'yicha katta taklif yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Arbeloa 22 yoshli futbolchining transferini faol ravishda talab qilmoqda.
Moretto ma'lumotiga ko'ra, Mourinyuga ham Gonsalo juda yoqadi. Shu sababli murabbiy uni jamoada qolsa, kelgusi mavsumda o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishontirishga urinmoqda. Ammo futbolchining o'zi "Madrid"dagi boshqa ko'plab futbolchilarga nisbatan uning imkoniyatlari past baholanishini tushunib turibdi.
"Kastilya"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Palasios esa "Fulxem"ga o'tishga juda yaqin turibdi.
The Athletic xabariga ko'ra, Mourinyu Gonsalo Garsiyani jamoada saqlab qolmoqchi. Agar u ketsa, "Real Madrid" yangi hujumchi izlashga majbur bo'ladi.
🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Mourinyu Gonsalo Garsiyani jamoada olib qolmoqchi.
Shu bilan birga, 22 yoshli tarbiyalanuvchi ketgan taqdirda, murabbiy "Real Madrid" safida sof "to'qqizlik" pozitsiyasida o'ynaydigan hujumchi bo'lishini istamoqda. Shu sababli klub allaqachon transfer bozorida bunday o'yinchi qidirishni boshlab yuborgan.
Biroq, Gonsalo ketgan taqdirda ham "Madrid" yangi hujumchi bilan shartnoma imzolashi kafolatlanmagan.
Marca xabariga ko'ra, Joze Mourinyu «Real» tarkibida Gonsalo Garsiya kabi xususiyatlarga ega hujumchi yo'qligini va uni jamoada olib qolmoqchi ekanini aytmoqda.
Marca xabariga ko'ra, Joze Mourinyu «Real»ning hozirgi tarkibida Gonsalo Garsiya kabi xususiyatlarga ega hujumchi yo'qligini va bunday futbolchi jamoa uchun o'ta muhim ekanini ta'kidlamoqda. Shu sababli, murabbiy o'yinchini qo'yib yuborishni istamayapti.
Real Madrid Gonsalo Garsiyani saqlab qolishga urinmoqda. "Fulxem" futbolchini transfer qilish uchun muzokaralarni boshladi.
📻 Cope xabariga ko'ra, "Real Madrid" Gonsaloni saqlab qolishga urinishining asosiy sabablaridan biri UEFA reglamentidir. Unga ko'ra, jamoaning Chempionlar ligasi uchun qaydnomasida 8 nafar mahalliy futbolchi bo'lishi kerak, ulardan 4 nafari klub tarbiyalanuvchisi bo'lishi shart.
Shu bilan birga, Kukurelyaning o'tishi va Rodrining potensial transferi kelajakda Gonsaloning "Madrid"dan ketishini osonlashtirishi mumkin.
🖥 The Athletic (Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, "Fulxem" Gonsaloni o'z safiga qo'shib olish uchun faol ishlamoqda, shu sababli klub "Madrid" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Arbeloa 22 yoshli hujumchining transferiga erishmoqchi, futbolchi Mourinyuga ham juda ma'qul kelmoqda.
AS nashri xabariga ko'ra, Real Madrid futbolchilari mashg'ulotlarga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishmoqda.
AS xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis tomonidan rejalashtirilgan mashg'ulot ikki qismdan iborat bo'lib, klub ma'lumotiga ko'ra, soat 10:00 da boshlangan.
O'yinchilarning mashg'ulot bazasiga yetib kelish vaqti alohida e'tibor tortdi.
Barcha futbolchilar belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishdi, eng oxirgi bo'lib esa Gonsalo Garsiya yetib keldi. U mahalliy vaqt bilan soat 8:19 da, ya'ni mashg'ulot boshlanishidan bir yarim soatdan ko'proq vaqt oldin bazada hozir bo'ldi.