«Fulxem» «Real» bilan 22 yoshli ispaniyalik hujumchi Gonsalo Garsiyaning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bitim 40 million yevro va qo'shimcha 2 million yevro bonuslarni o'z ichiga oladi. Futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolandi.
Moliya jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak:
Gonsalo Garsiya «Madrid» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, shuning uchun transfer summasining barchasi sof foyda hisoblanadi (40 million yevro darhol, bonuslar esa faollashganda). Maosh borasidagi tejamkorlik esa 2 million yevroni tashkil etadi.
«Real» shuningdek, futbolchining kelajakdagi sotuvidan 30 foiz ulush va uni qayta sotib olish huquqini (bay-bek) saqlab qoldi.
«Fulxem» uchun transfer yiliga 8 million yevroga tushadi, bunga maosh ham qo'shiladi. Bonuslar esa faollashgan taqdirda xarajatlar qatoriga kiritiladi.
Bu bitim barcha tomonlar uchun manfaatli, ammo «Real»ning ustunligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Madridliklar o'z tarbiyalanuvchisini 40 million yevro sof foydaga aylantirmoqda. «Fulxem» esa APL bozori uchun maqbul shartlar evaziga sermahsul hujumchini o'z safiga qo'shib oldi. Aynan Arbeloa qo'l ostida Gonsalo yangi darajaga chiqdi – 2023/24 yilgi mavsumda uning 35 ta goli Madrid U19 jamoasiga tarixiy treblni taqdim etdi, keyin esa «Kastilya» safida 36 o'yinda 29 ta samarali harakat (25+4) qayd etdi. Kelajakdagi sotuvdan ulush va bay-bek shartlari «Real»ning tarbiyalanuvchilarni sotishdagi an'anaviy qat'iy talablari hisoblanadi. Ularsiz futbolchining «Fulxem»ga o'tishi qiyin bo'lardi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!