📰 Marca | Mourinyoga «Madrid» kiyim almashtirish xonasida uyg'unlik va a'lo darajadagi muhitni to'liq tiklash nasib etdi. Alonso va Arbeloa davrida yuzaga kelgan jamoadagi taranglik endilikda yo'qolgan. Futbolchilar portugaliyalik mutaxassis va uning yordamchilari qo'l ostida o'zlarini qulay his qilishmoqda, jamoa yetakchilari esa o'zlariga bo'lgan munosabatdan juda mamnun.
Mourinyo o'yinchilar ishonchini qozonish va ular bilan aloqa o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa ichidagi munosabatlar hozir deyarli ideal darajada shakllanmoqda.
«Slivichnie» yulduzlari Mourinyo bilan ishlashdan juda xursand. Murabbiy o'z shogirdlariga yaqin, ularga u bilan muloqot qilish qanchalik osonligi va jamoa ichida munosabatlarni qanday qurayotgani yoqadi. «Madrid» ustozi mashg'ulotlardan so'ng futbolchilar bilan qoladi, ular bilan hazillashadi va har birining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashuv topa oladi.
Klubdagi manbalar ta'kidlashicha: «Mourinyo o'yinchilar egosini boshqarishni juda yaxshi biladi va ularning har birini tushunadi»
🖥 The Athletic (Kortegana) | Valdebebasdagi manba Mourinyo «Madrid»da keskin choralarga murojaat qilmaganini tasdiqlaydi. Alonsodan asosiy farqi — uning obro'si: agar portugaliyalik shunday bo'lishi kerak deb qaror qilsa, demak, shunday bo'ladi.
Ba'zi kam o'ynayotganlar o'z amaliyotlari miqdoridan norozi, ammo o'tgan mavsumdagi kabi taranglik yo'q. Mourinyo futbolchilar bilan muloqotda ochiqroq bo'ldi va shuncha ego bilan kiyim almashtirish xonasiga qanday yondashishni biladi. U may oyidan buyon jamoa haqida batafsil hisobotlar so'ragan va o'yinchilarga ta'sir qiluvchi deyarli barcha narsani kuzatib bormoqda.
Mashg'ulotlar ko'pi bilan 75 daqiqa davom etadi, ammo juda intensiv o'tadi va to'p bilan ishlashga qaratilgan. Futbolchilar oldindan kelishlari va birga nonushta qilishlari shart. Mourinyo o'yinchilarni rag'batlantirish va ortiqcha taranglikdan qochish uchun boshlang'ich tarkibni o'yindan bir kun oldin e'lon qilishni ma'qul ko'radi.
Klubga yaqin manbaga ko'ra, Mourinyo deyarli har kuni Valdebebasdagi bazada tunab qoladi.