#West Ham — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Arne Engels «Vest Xem»ga o'tmoqda

Arne Engels «Vest Xem»ga o'tmoqda

Sky Sports xabariga ko'ra, «Seltik» va «Vest Xem» Arne Engels transferi bo'yicha 26 million yevro evaziga kelishuvga erishdi.

Arne Engels «Vest Xem»ga o'tmoqda! Sky Sports xabariga ko'ra, «Seltik» va «Vest Xem» 22 yoshli belgiyalik yarim himoyachining transferi bo'yicha 26 million yevro evaziga kelishuvga erishdi.

💰 «Augsburg» uchun yana bir ajoyib yangilik: 2024-yilda Engelsni Shotlandiyaga sotishda «Augsburg» futbolchining keyingi transferidan 10 foiz ulush olish huquqini saqlab qolgan edi. Bu shuni anglatadiki, «Vest Xem» bilan tuzilgan bitim tufayli klub budjeti yana taxminan 2,58 million yevroga boyiydi.

Peychinovich uchun olingan foizlar (2,5 million yevro) bilan birgalikda, «Augsburg» rahbariyati qisqa vaqt ichida sobiq futbolchilar hisobiga 5 million yevrodan ortiq mablag' ishlab oldi.

Sungutu Magassa "Vest Xem"dan ketishi mumkin

Sungutu Magassa "Vest Xem"dan ketishi mumkin

"Vest Xem" yarim himoyachisi Sungutu Magassa jamoani tark etishi mumkin. Unga "Marsel" va "Lion" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Vest Xem" tayanch yarim himoyachisi Sungutu Magassa transfer oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etishi mumkin. So'nggi haftalarda bir nechta klublar, jumladan "Marsel" va "Lion" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Hozircha aniq takliflar kelib tushmagan.

📰 Foot Mercato

Manor Solomon «Vest Xem» futbolchisiga aylandi

Manor Solomon «Vest Xem» futbolchisiga aylandi

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Manor Solomon «Vest Xem» futbolchisiga aylandi. Transfer summasi 8 million yevroni tashkil etadi.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Manor Solomon «Vest Xem» futbolchisiga aylandi. ✔️

Transfer summasi: 8 million yevro.

Shartnoma 2029-yilga qadar mo'ljallangan.

Brentford El-Hoji Malik Diuf uchun taklif yubordi
Brentford ↗ Transfer

Brentford El-Hoji Malik Diuf uchun taklif yubordi

Santi Auna xabariga ko'ra, «Brentford» «Vest Xem» futbolchisi El-Hoji Malik Diuf uchun rasmiy taklif bilan chiqdi.

Santi Auna xabariga ko'ra, «Brentford» «Vest Xem» futbolchisi El-Hoji Malik Diuf uchun rasmiy taklif bilan chiqdi.

📌 Hozirda ikki klub o'rtasida muzokaralar davom etmoqda. Futbolchiga boshqa ko'plab klublar ham qiziqish bildirmoqda.

O'ng ustun yangiliklari