Jek Uilsher Vinisius Juniorning «Arsenal»ga o'tishi haqida fikr bildirdi
Jek Uilsher Vinisius Juniorning «Arsenal»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.
🎤 Jek Uilsher:
Bu transfer, shubhasiz, ham maydonda, ham maydon tashqarisida, jumladan marketing nuqtayi nazaridan juda muhim xarid bo'lishi mumkin.
Men ham hamma kabi Vinining «Arsenal»ga o'tishi haqidagi xabarlarni o'qiyapman va bu voqea tobora ehtimoliy tus olayotganini ko'ryapman.