🎙️ Jek Uilshir Mikel Arteta «Arsenal»da yaratgan madaniyat haqida gapirdi:
«Hammasi klub madaniyatiga bog'liq. Ular akademiya futbolchilarini jalb qilishdi. Masalan, bir maydonda Mikel asosiy jamoa bilan taktik sxemalarni ishlab chiqardi va unda «Vest Xem»ni gavdalantiruvchi 18 yoshgacha bo'lgan o'n nafar futbolchidan foydalandi. Boshqa tomonda esa Niko standart vaziyatlar bo'yicha mashg'ulot o'tkazayotgan edi.
Tasavvur qiling-a, bizning davrimizda shunday bo'lishini! Futbolchilar shunchaki: "Men buni qilmoqchi emasman. Bu yerda nimalar bo'lyapti o'zi?" deyishardi.
Albatta, bunday yondashuv katta muvaffaqiyat keltirayotgani va jamoa ko'plab gollar urayotgani yordam beradi. Ammo eng avvalo, gap madaniyatning o'zgarishi haqida ketmoqda. U butunlay o'zgardi. Bu mutlaqo boshqa daraja».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!