David Sanches: Mourinoning atrofidagi shov-shuvlar tez orada so'nishi mumkin
Radio MARCA jurnalisti David Sanches Jozé Mourinyo va uning atrofidagi ortiqcha shov-shuvlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
🎙 David Sanches (Radio MARCA):
Jozé Mourinyo g'alaba qozonishni boshladi va biz yana Xabi Alonso hamda Alvaro Arbeloa faoliyatining boshida aytilgan gaplarni eshitmoqdamiz.
Ha, jamoa rivojlanmoqda, yanada jipslashmoqda va kiyinish xonasida yaxshi muhit hukm surmoqda. Ammo menga Mourinyo atrofida juda katta shov-shuv ko'tarilayotgandek tuyulmoqda va qaysidir pallada bu pufak yorilib ketishi mumkin.