🎙Alvaro Arbeloa o'yindan so'ng:
"Bu shubhasiz bizning o'yinimiz emasdi. Biz o'z darajamizdan juda yiroq edik. Tanaffusda biz muvaffaqiyatsiz kunlar bo'lishi mumkinligi yoki qiyin stadionda Yevropa jamoasiga qarshi o'ynaganda to'p bilan ishlashda muammolar yuzaga kelishi mumkinligini gaplashdik, ammo ko'proq energiya sarflash va o'yinga jiddiyroq yondashish kerak edi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki 20-25 daqiqasida o'yinni yaxshiladik, ammo keyin darvoza ustuniga to'p tegdi va to'rt daqiqadan so'ng gol o'tkazib yubordik. Shunday ekan, yaqin vaqt ichida o'yinimizning ko'plab jihatlarini yaxshilashimiz kerak.
Birinchi navbatda, g'alaba qozonish uchun nima qilish kerakligini tushunishimiz lozim – ko'proq energiya sarflash, jamoaviy ruh va o'yinga bo'lgan munosabatni yaxshilash kerak. Biz o'zimizdan ko'proq narsani talab qilishimiz zarur".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!