📰 AS gazetasi direktori o'rinbosari Ronsero:
Men ham minglab madridlik muxlislar kabi Rodrining transferidan juda xursand bo'lardim. Ammo kelishuv barbod bo'lganidan keyingi dastlabki xafagarchilikdan so'ng, men vaziyatni tahlil qildim va uni kengroq nuqtai nazardan baholadim.
Rodri o'zining ustuvor maqsadi "Barselona" ekanligini aytgan bo'lsa-da, dastlab u "Real" bilan yiliga 15 million yevro maosh evaziga 4 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgandi.
Ammo ma'lum bo'lishicha, keyinchalik Rodri Gvardiola, Laporta, Flik va Deku bilan ham suhbatlashgan... Va yakunda u futbol jannati bo'lmish "Real"dan voz kechishga qaror qildi. Qolaversa, buni men aytmayapman. Rodrining o'zi avvalroq "Real Madrid"ni tarixdagi eng yaxshi klub deb atagan.
Shu bois, Rodrining o'zi eng yaxshi deb bilgan jamoadan voz kechishi meni xavotirga solmaydi. U bosim kamroq bo'lgan va Chempionlar ligasidagi ko'plab muvaffaqiyatsizliklarga o'rganib qolgan "Barselona"ni tanladi. "Real"da esa La Liga o'yinidagi durang ham jiddiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin.
Keling, Rodrining pastroq saviyada o'ynash qarorini hurmat bilan qabul qilaylik. U 2027/28 yilgi mavsumda "Monjuik"da to'p surar ekan, "Bernabeu" o'zining barcha jilosi bilan porlab turadi...
Rodri — ajoyib futbolchi, ammo u hayotidagi eng katta imkoniyatni qo'ldan boy berdi. Har bir buyuk o'yinchi kamida bir marta "Real" libosida maydonga tushishi kerak.
Biroq, endi juda kech. "Real Madrid" boshqa hech qachon Rodrini sotib olishga urinmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!