📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Mourinyoning «Real» bosh murabbiyi sifatidagi taqdimoti nima uchun o'tkazilmaganiga izoh berdi:
Mourinyo o'z shaxsiga bo'lgan e'tibor qanchalik katta rezonans keltirib chiqarishini yaxshi biladi. Shu bois, vazminroq ommaviy obraz tanlashi unga klubdagi ilk faoliyati davrida yo'l qo'ygan xatolaridan qochishga yordam beradi. Bu ayniqsa, Joze «Real Madrid»ni tark etgan 2012/13-yilgi mavsumga tegishli.
Mourinyo media sohasida imkon qadar vazmin bo'lishni istaydi. Hozircha esa buni a'lo darajada uddalamoqda: u xotirjamlik bilan o'yinlarga tashrif buyurmoqda, klub matbuot xizmatiga qisqa intervyular bermoqda va stadionni tark etmoqda.
Shu bilan birga, parda ortida Mourinyo avvalgidek talabchanligicha qolmoqda. U har bir detallga e'tibor qaratib, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda va barcha futbolchilarni o'yin tonusida ushlab turibdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!