Sato «Real»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi
Sato murabbiylar shtabi qarori bilan «Real»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Futbolchi seshanba kuni «Tavernes»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
🚨 Sato «Real»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi!
Radio Tribuna ma'lumotiga ko'ra, Sato murabbiylar shtabi qarori bilan Madridning «Real» klubiga qarshi maydonga tushmaydi.
Agirre futbolchining xulq-atvori borasida hech qanday savol yo'qligini, biroq unga mashg'ulotlarda agressivlik va intensivlikni oshirish kerakligini ta'kidlamoqda.
Shu bilan birga, «Valensiya» futbolchini nazoratdan chiqarayotgani yo'q: seshanba kuni Sato «Tavernes»ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyatga ega bo'ladi. Uning keyingi o'sishi klub kuzatuvi ostida bo'ladi.
Vaziyat rivojini kuzatib boramiz! 🦇