Massimo Moratti: «Tottini sotib olishga uringandim»
Massimo Moratti «Roma» afsonasi Franchesko Tottini «Inter»ga olib kelmoqchi bo'lgani va Gabriel Batistuta transferi haqida gapirdi.
Massimo Moratti: «Men Tottini sotib olishga uringandim. O'sha vaqtdagi prezident Franko Sensiga narx borasida savdolashmasligimni aytdim. U menga bu haqda gap ham bo'lishi mumkin emasligini aytdi. U biznesmen sifatida emas, chinakam romanist sifatida ish tutdi. «Roma»dan men Batistutani xarid qilganman. U atigi bitta gol urdi*, ammo men baribir bu transferni takrorlagan bo'lardim».
*Batistuta «Inter» safida ikkita gol urgan