Joze Mourinyo Netflix uchun bergan intervyusida Zlatan Ibragimovichning «Barselona»ga o'tishi haqida shunday dedi:
Ibragimovich «Barselona»da? Eng muhim o'yinchimizni yo'qotish og'ir zarba bo'lgan. Yordamchilarimdan biri yig'lab: «Uzsiz biz halok bo'lamiz», degandi. Bizga nima kerakligini bilardik: tezkor jamoa va kreativ o'yinchi. Massimo Moratti muzokaralarda aqlbovar qilmas ishni amalga oshirdi: Ibragimovichni shunchaki pulga sotish o'rniga, ham pul, ham Eto'Oni qo'lga kiritdi.
«Mag'lubiyat — bu g'alabali yo'lning boshlanishi xolos. «Manchester Yunayted»dan uchralgan mag'lubiyat o'sha yo'lning boshlanishi edi. «Inter»dagi ishim o'sha paytda hali yakuniga yetmagandi», — deya qo'shimcha qildi murabbiy.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!