#Franchesko Totti — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Nikolo Pizilli: «Roma»ga bo'lgan muhabbat va faoliyatidagi muhim bosqichlar

Nikolo Pizilli: «Roma»ga bo'lgan muhabbat va faoliyatidagi muhim bosqichlar

Nikolo Pizilli Marca nashriga bergan intervyusida «Roma»dagi faoliyati, murabbiylar va klub afsonalari bilan taqqoslanishlar haqida gapirdi.

Maydonga sardorlik bog'ichi bilan tushish hayajonidan tortib, Joze Mourinyu va Jan Pero Gasperini bilan bo'lgan munosabatlargacha, «Roma»ga bo'lgan muhabbatdan tortib, klub afsonalari Franchesko Totti va Daniele De Rossi bilan taqqoslanishlargacha. Nikolo Pizilli Ispaniyaning Marca gazetasiga katta intervyu berdi, unda u o'zining hali yosh bo'lgan faoliyatidagi eng muhim bosqichlar haqida so'zlab berdi.

Massimo Moratti: «Tottini sotib olishga uringandim»

Massimo Moratti: «Tottini sotib olishga uringandim»

Massimo Moratti «Roma» afsonasi Franchesko Tottini «Inter»ga olib kelmoqchi bo'lgani va Gabriel Batistuta transferi haqida gapirdi.

Massimo Moratti: «Men Tottini sotib olishga uringandim. O'sha vaqtdagi prezident Franko Sensiga narx borasida savdolashmasligimni aytdim. U menga bu haqda gap ham bo'lishi mumkin emasligini aytdi. U biznesmen sifatida emas, chinakam romanist sifatida ish tutdi. «Roma»dan men Batistutani xarid qilganman. U atigi bitta gol urdi*, ammo men baribir bu transferni takrorlagan bo'lardim».

*Batistuta «Inter» safida ikkita gol urgan

O'ng ustun yangiliklari

Franchesko Totti «Roma»ga qaytish ehtimoli haqida gapirdi

Franchesko Totti «Roma»ga qaytish ehtimoli haqida gapirdi

Franchesko Totti Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida «Roma»ga qaytish imkoniyati va faoliyatidagi muhim voqealar haqida gapirdi.

Franchesko Totti «Roma»ga qaytish uchun eshiklarni yana bir bor ochiq qoldirdi. Corriere della Sera nashriga bergan katta intervyusida «jallorossi»ning sobiq sardori hayotidagi eng murakkab damlarni esladi: futboldan ketish, faoliyatini yakunlaganidan keyingi og'ir davr, Spalletti bilan munosabatlar, «Real Madrid»ga amalga oshmay qolgan transfer va bir kun kelib klubga qaytish imkoniyati.

Franchesko Totti «Roma»dagi 10-raqam haqida fikr bildirdi

Franchesko Totti «Roma»dagi 10-raqam haqida fikr bildirdi

Franchesko Totti «Roma»da 10-raqamli libosning Dibalaga topshirilishi mumkinligi va bu raqamning klubdagi ahamiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Totti vaqt o'tishi bilan bu raqam qanday ahamiyat kasb etgani haqidagi mulohazalari bilan o'rtoqlashdi:

«Dibala hech qachon o'ninchi raqam ostida o'ynamagan. Men faoliyatimni yakunlashga majbur bo'lganimdan beri hech kim mening libosimni — o'zimga cheksiz qadrli bo'lgan jamoa libosini kiymadi. Rostini aytsam, bu qarorni men emas, muxlislar qabul qilishgan: aynan ular — bu xazinaning haqiqiy qo'riqchilari».

Biroq, 2022-yilning yozida Dibala Rim klubiga o'tganida, u yerda unga o'ninchi raqamni topshirish imkoniyati jiddiy ko'rib chiqilgan, bunda Totti shaxsan taqdimotda ishtirok etishi rejalashtirilgandi.

«Paulo Rimga kelganida, klub vositachilar orqali menga xabar yubordi. Ular unga o'ninchi raqamli libosni topshirmoqchi bo'lishdi va aynan men rasmiy taqdimot vaqtida uni unga topshirishimni xohlashdi».

Tottining munosabati zudlik bilan bo'ldi:

«Sizlar aqldan ozdingizmi?»

Shunga qaramay, sobiq sardor o'zining rad javobi aynan Dibala bilan bog'liq emasligiga aniqlik kiritdi:

«Agar sizlarda yetarlicha jasorat bo'lsa — bu raqamni unga o'zingiz bering. Men o'yinchiga qarshi emasman — aksincha, u menga juda yoqadi, inson sifatida ham. Ajoyib yigit. Agar shunday qilishga qaror qilgan bo'lsangiz — harakat qiling, faqat meni bunga aralashtirmang».

Totti uchun boshqalar tomonidan qabul qilingan qaror uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olmaslik muhim edi:

«Men o'zimga mutlaqo aloqador bo'lmagan o'zga qaror uchun javobgarlikni zimmamga olishni istamadim. «Roma»dagi o'ninchi raqam — bu jiddiy yuk, uni kiygan har qanday odam muqarrar ravishda men bilan taqqoslanadi. Dibalaga kelsak, agar u yaxshi formada bo'lsa, u o'yin taqdirini hal qila oladigan o'yinchi bo'la oladi».

Totti o'z kitobida o'ninchi raqamli libosni qanday taqdir kutishi kerakligi haqida ham fikr yuritadi. Uni abadiy muomaladan chiqarib tashlash kerak emas, lekin uni kim bo'lsa shunga beraverish ham yaramaydi.

«O'z fikrimni aniq ifodalab bermoqchiman: men hech qachon «Roma»ning o'ninchi raqamini abadiy o'zimga biriktirib qo'ymasdim — bu bolalarni go'zal orzudan mahrum qilish bilan barobar bo'lardi. Men har kuni yangi Totti paydo bo'lishini umid qilaman — Rimda tug'ilib o'sgan va «Roma»ni butun umrga, abadiy tanlagan inson. Boshqa tarafdan, bu libosni boshqa qit'adan kelgan, bu yerda uzoq qolmaydigan va keyin ketadigan o'yinchiga berish — butunlay boshqa narsa. Bu juda muhim va qadrli ramz; uni faqat — hech bo'lmaganda potensial jihatdan — «Roma» safida o'n besh yoki yigirma yil davomida to'p surishga qodir bo'lgan insongagina ishonib topshirish mumkin».