Joze Mourinyu «Roma»dan ketishi sabablarini tushuntirdi
АS ROMA ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 28

Joze Mourinyu «Roma»dan ketishi sabablarini tushuntirdi

Joze Mourinyu «Roma»dan ketish sabablariga yana bir bor to'xtalib o'tdi. Corriere dello Sport nashri uchun Ivan Dzadzaroniga bergan intervyusida «Real»ning amaldagi bosh murabbiyi klub egalari, Fridkinlar oilasi bilan yuzaga kelgan ziddiyatni Budapeshtdagi final oqibatlari, xususan, hakam Entoni Teylor bilan bog'liq voqea bilan izohladi. U shuningdek, Franchesko Totti va Bruno Konti haqida iliq fikrlar bildirib, «Olimpiko»ga raqib sifatida qaytish borasidagi o'ylarini o'rtoqlashdi.

UEFA. Teylor bilan aeroportda sodir bo'lgan voqea uchun men javobgar emasman; ammo avtoturargohdagi haqoratlar uchun men javob berdim va buning badalini to'lashga majbur bo'ldim. Men «Roma» egalari bilan bo'lgan munosabatlarim orqali to'lov qildim, chunki ular boshqacha pozitsiyani egallashdi. O'sha paytda men amalda allaqachon ketib bo'lgandim.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!