💬 Bugun o'zgacha kun. Siz Chempionlar ligasidagi ilk golingizni «Real»ga qarshi o'yinda urgansiz. O'sha kundan nimalar yodingizda qolgan?
🗣 «11-sentabrga kelsak, «Real»ga qarshi o'yinning o'zidan ko'ra, egizak minoralar bilan bog'liq voqealar ko'proq yodimda qolgan. Bu surreal, o'zgacha muhitdagi o'yin edi. Hayotdan ko'z yumgan insonlar hurmati uchun men o'ynamagan bo'lardim. Bu haqda eslash menga juda og'ir; biz o'sha fojiani bugun ham yodda tutamiz».
💬 «Fenerbaxche» bilan o'yinda qo'lga kiritilgan bir ochko muhimmi?
🗣 «Bu ochko — umid qilamanki, yakuniy hisob-kitobda bizga asqotadi. Noldan ko'ra bittasi yaxshiroq. Bu Chempionlar ligasidagi ilk o'yin edi, oldinda hali uzoq yo'l bor».
💬 «Roma»ning chempionatdagi bunday kuchli startini kutganmidingiz?
🗣 «Yo'q, na men, na boshqa birov buni kutgandi. Biz ajoyib boshladik, startdanoq yuqori sur'at oldik. Umid qilamanki, shunday davom etadi. Chempionatda oldinda hali uzoq yo'l bor, Chempionlar ligasi esa butunlay boshqa turnir. Vaziyatga fevral yoki mart oylarida baho beramiz».
💬 Paulo Dibala va Malenni ligadagi eng yaxshi hujumkor duet deb hisoblaysizmi?
🗣 «Eng yaxshilaridan biri. Ikki ajoyib futbolchi, ular hozircha bir-birini instinktiv darajada tushunib turibdi va umid qilamanki, ular shu ruhda davom etishadi».
💬 Sizni Chempionlar ligasi o'yinlari vaqtida stadionda ko'ramizmi?
🗣 «Chempionat o'yinlarida ham».
💬 Klub yuz yilligini nishonlashdachi?
🗣 «Bu haqda bilmayman, lekin chempionat va Chempionlar ligasi o'yinlarida — albatta».
💬 Yuz yillikni nishonlash bo'yicha rahbariyat bilan aloqalar bo'ldimi?
🗣 «Yo'q, bo'lmadi. Qolaversa, biz muxlislar bilan birgalikda ko'plab qiziqarli narsalarni tayyorlayapmiz».
💬 2001-yilgi «Roma» bilan o'xshashliklar bormi?
🗣 «Ularni solishtirish soddalashtirish bo'lardi. Bular turli davrlarga mansub, turli futbolchilardan iborat ikki butunlay boshqa jamoa. Biz buyuk jamoa edik, bunisi esa shunchaki yaxshi jamoa».
💬 Ularga nima yetishmayapti?
🗣 «Barqarorlik. Skudettoni yutish uchun barqarorlik kerak. Ular o'tgan yilgi tarkibni kuchaytirishdi, bunda murabbiy va sport direktori qarorlarni birgalikda qabul qilishdi».
💬 Ular «Napoli», «Milan» va «Yuventus»dan ustun deb hisoblaysizmi?
🗣 «Qanday boshlashganiga qarab — ha. O'ylaymanki, «Inter» — asosiy favorit va ularni mag'lub etish oson bo'lmaydi. Ammo hozirgi «Roma» bilan har qanday narsa bo'lishi mumkin».
💬 Jan Pyero Gasperini bilan gaplashdingizmi?
🗣 «Ha, biz aloqadamiz».
💬 Kechki ovqatga kelishib oldingizmi?
🗣 «Balki tushlikka hamdir».
💬 Gasperini Dibalani to'xtatish yo'lini topdimi?
🗣 «Paulo mavsumni ajoyib boshladi, o'tgan chempionatning so'nggi o'yinlarida ham yuqori saviyada harakat qildi. Bu biz hammamiz biladigan o'sha Paulo. Agar u shu barqarorlik va «Roma» uchun o'ynash istagini saqlab qolsa, jamoa uchun ulkan aktivga aylanadi».
💬 Rodrigo Mora qaysi sifati bilan sizni ko'proq hayratlantiradi?
🗣 «Gap 2007-yilda tug'ilgan futbolchi haqida ketmoqda; u shahar va madaniy muhitni o'zgartirdi. U yosh — unga vaqt berish kerak. Ammo aytilgan raqamlar to'g'ri bo'lsa, undan darhol natija ko'rsatishni kutishmoqda».
💬 Yaqinda tug'ilgan kuningiz. Bu borada nimalarni his qilyapsiz?
🗣 «Bu muhim bosqich, lekin men bunga urg'u berishni istamayman».
💬 Bugungi kunda kimga aylanganingizdan mamnunmisiz?
🗣 «Ha, men baxtliman, chunki orzuimga erishdim. Men doim orzu qilgan ish bilan shug'ullanyapman: yagona klub libosida maydonga tushish. Bu hech kim tortib ololmaydigan orzu».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!