Martin Baturina transferi bo'yicha "Chelsi" va "MYu" "Komo" bilan dastlabki muzokaralarni boshladi.
"Chelsi" va "MYu" allaqachon "Komo" bilan Baturina borasida gaplashmoqda.
TEAMtalk yozishicha, dastlabki muzokaralar bo'lib o'tdi. Biz 80 million yevro so'rayapmiz, inglizlar esa 60 million yevro atrofida to'lashga tayyor. Martin o'zi ketishga shoshilmayapti, shuning uchun kelishuvga hali ancha bor.
Xorvatiyalik sobiq futbolchi Slaven Bilich "Komo" yarim himoyachisi Martin Baturina "Real"ga mos kelishini aytdi.
M. Bilich: Baturina "Real" uslubiga mos tushadi
"Menga "Komo" safida to'p surayotgan Martin Baturina juda yoqadi. O'ylaymanki, u "Real" o'yin uslubiga juda mos keladi. Umid qilamanki, qachondir u top-klubga o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi", — dedi Xorvatiya terma jamoasi sobiq futbolchisi.
Transfermarkt 23 yoshli yarim himoyachini 55 million yevroga baholamoqda. Baturinaning "Komo" bilan shartnomasi 2030-yilga qadar mo'ljallangan.
Aston Villa Morgan Rojersning o'rniga Martin Baturinani ko'rmoqda. Komo futbolchini arzon narxda qo'yib yubormoqchi emas.
⚽️ Angliyaning talkSPORT nashri Morgan Rojers 137 million yevro evaziga Chelsi safiga o'tib ketganidan so'ng, Aston Villa uchun Martin Baturinani ideal nomzod deb atadi.
talkSPORT ma'lumotiga ko'ra, yevropa futboli eksperti Endi Brassel Baturina Birmingem klubiga juda mos kelishini va Aston Villa futbolchi uchun juda yaxshi variant ekanligini ta'kidlagan.
Komo prezidenti Mirvan Suvarso avvalroq klub Baturina bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini, ammo faqat klub uchun manfaatli shartlar asosida ish ko'rishini aytib o'tgandi. Brasselning fikricha, xaridor xorvatiyalik yarim himoyachini arzon narxda qo'lga kirita olmaydi, chunki Komo muzokaralarda o'z shartlarini diktatsiya qilish imkoniyatiga ega.
Aston Villa Martin Baturinaga qiziqish bildirmoqda. Agar Morgan Rojers transferi yakunlansa, xorvatiyalik futbolchi klubning eng qimmat xaridi bo'lishi mumkin.
🚨 "Aston Villa" bir necha haftadan buyon Martin Baturinaga qiziqish bildirmoqda.
✅ Agar Morgan Rojers transferi yakunlansa, "Komo" yarim himoyachisi birmingemliklar klubining yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridi bo'lishi mumkin.
Baturina "Komo" safidagi muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng Yevropa klublari e'tiborini tortishda davom etmoqda, Unai Emerining qiziqishi esa xorvatiyalik futbolchining yuqori saviyasini tasdiqlaydi.
Martin Baturina "Aston Villa", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqishlari doirasida. "Komo" futbolchi uchun kamida 80 million yevro talab qilmoqda.
☄️ Martin Baturina "Aston Villa" diqqat markazida!
Yulduzli xorvatiyalik futbolchi "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va boshqa klublar ro'yxatida turibdi.
📌 Manba xabariga ko'ra, "Komo" vakillari Baturinani qo'yib yuborishni istashmayapti, ammo transfer bo'yicha jiddiy muzokaralar 80 million yevrodan boshlanishi mumkin.
Mirvan Suvarso «Dinamo Zagreb» futbolchisi Petar Suchich transferi nima uchun amalga oshmay qolgani va Baturina variantiga qanday o'tilgani haqida gapirdi.
Mirvan Suvarso: «Qachonki Baturin familiyasini eshitganimda, u menga tanish tuyuldi. Men tahlil bo'limimizdan uni o'rganib chiqishni so'radim. Ular: «Bizga raqamlarni ko'rishning ham keragi yo'q, biz baribir kimligini bilamiz», deb javob berishdi. Ammo men baribir qistadim: «Baribir barcha ma'lumotlarni tekshirib ko'ring». U «Dinamo Zagreb»da o'ynagan va men u A Seriyaga tezda moslasha oladimi yoki yo'qligini tushunmoqchi edim. Aslida dastlab biz Petar Suchichni sotib olmoqchi edik».
Biz allaqachon «Dinamo» bilan Suchich bo'yicha kelishib olgandik. Men o'sha davrdagi barcha bosqichlarni aniq eslay olmayman, lekin klub bilan kelishuvga erishilgandi. Muammo shundaki, agentlar so'ragan komissiya to'lovlari deyarli transfer narxiga teng edi. O'sha lahzada biz bu mantiqsiz ekanini aytdik. Hatto o'yinchi sotib olmoqchi bo'lganingda ham, oqilona chegaralarga rioya qilish va iqtisodiy jihatdan asosli baho berish kerak. Shunday qilib, biz bitimdan voz kechdik. Suchich «Inter»ga o'tib ketdi, bizda esa Baturinani olish imkoniyati paydo bo'ldi. Aslida biz Suchich xususiyatlariga ega bo'lgan o'yinchi, «sakkizlik» qidirayotgan edik.
Xorvatiya terma jamoasi sobiq futbolchisi M. Bilich «Komo» yarim himoyachisi Martin Baturinaning «Real Madrid»ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
M. Bilich (Xorvatiya terma jamoasi sobiq futbolchisi): «Menga «Komo» safida to'p surayotgan Martin Baturina juda yoqadi. O'ylashimcha, u «Madrid» o'yin uslubiga mos keladi. Umid qilamanki, qachondir u top-klubga o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi».
Qayd etish joizki, Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachini 55 million yevroga baholamoqda. Xorvatiyalik futbolchining «Komo» bilan shartnomasi 2030-yilga qadar mo'ljallangan.
Martin Baturinaga Angliya klublari qiziqish bildirmoqda. «Komo» futbolchini 80 million yevroga baholamoqda. Ses Fabregas vaziyatga izoh berdi.
Martin Baturina Premer-liga klublari e'tiborini tortishda davom etmoqda.
«Komo» yarimhimoyachisini qo'lga kiritishga «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va «Aston Villa» qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi 23 yoshli xorvatiyalik futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.
Angliya klublari tomonidan bildirilayotgan qiziqishga qaramay, «Komo» Chempionlar ligasiga tarixiy yo'llanmani qo'lga kiritgach, o'zining yetakchi o'yinchilaridan birini sotishga majbur emas.
Jamoa bosh murabbiyi Ses Fábregas bo'lishi mumkin bo'lgan transferlar borasida o'z fikrini bildirdi:
«Agar taklif tushsa, uni ko'rib chiqamiz. Agar u bizni qoniqtirsa, qabul qilamiz. Agar yo'q bo'lsa, muammosiz rad etamiz».