Aston Villa Martin Baturinani nishonga oldi
Aston Villa Morgan Rojersning o'rniga Martin Baturinani ko'rmoqda. Komo futbolchini arzon narxda qo'yib yubormoqchi emas.
⚽️ Angliyaning talkSPORT nashri Morgan Rojers 137 million yevro evaziga Chelsi safiga o'tib ketganidan so'ng, Aston Villa uchun Martin Baturinani ideal nomzod deb atadi.
talkSPORT ma'lumotiga ko'ra, yevropa futboli eksperti Endi Brassel Baturina Birmingem klubiga juda mos kelishini va Aston Villa futbolchi uchun juda yaxshi variant ekanligini ta'kidlagan.
Komo prezidenti Mirvan Suvarso avvalroq klub Baturina bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini, ammo faqat klub uchun manfaatli shartlar asosida ish ko'rishini aytib o'tgandi. Brasselning fikricha, xaridor xorvatiyalik yarim himoyachini arzon narxda qo'lga kirita olmaydi, chunki Komo muzokaralarda o'z shartlarini diktatsiya qilish imkoniyatiga ega.