Roma Jonaton Rouga qiziqish bildirmoqda
Roma Bolonya vingeri Jonaton Rouga qiziqish bildirmoqda. Rimliklar futbolchi uchun taxminan 40 million yevro to'lashga tayyor bo'lishi mumkin.
Calciomercato.it xabariga ko'ra, Roma klubi Bolonya hujumkor vingeri Jonaton Rou bilan bog'liq vaziyatni o'rganish uchun yana Bolonya bilan aloqaga chiqdi. Rimliklar ushbu futbolchini avvalroq ham kuzatib kelishayotgan edi.
Kastro-Dovbik transferidan so'ng, Rim klubi Bolonya o'yinchisi bilan muzokaralarni qayta boshlagani aytilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallangan.
Bolonya futbolchini taxminan 40 million yevroga baholamoqda. Bu katta summa bo'lsa-da, Romaning boshqa nishonlariga qaraganda qulayroq variant hisoblanadi.