Noa Lang A Seriya klublari nishonida
Niderlandiyalik hujumchi Noa Lang A Seriya klublari e'tiborini tortmoqda. «Napoli» futbolchini ijaraga berish niyatida emas.
Niderlandiyalik hujumchi «Napoli»dan A Seriya klublari e'tiborini tortmoqda.
Transfer bozori eksperti Janluka Di Marsio yozishicha:
«Qanot hujumchilari uchun «Atalanta», «Bolonya» va «Napoli» ishtirokida kurash qizg'in pallaga kirmoqda. «Neradzurrilar» Jonatan Rouga ega chiqishga urinishmoqda, ammo «Bolonya» ularning 35 million yevrolik ikkinchi taklifini rad etdi. Shu sababli «Atalanta» ham Noa Langni kuzatmoqda — bu futbolchi «Bolonya» uchun ham katta qiziqish uyg'otmoqda. Agar Rou jamoani tark etsa, «rossoblular» niderlandiyalik futbolchini transfer qilish uchun faol harakatlarni boshlashi mumkin.»
📌 «Napoli» Langni ijaraga berish bo'yicha barcha takliflarni rad etmoqda.