Niderlandiyalik hujumchi «Napoli»dan A Seriya klublari e'tiborini tortmoqda.
Transfer bozori eksperti Janluka Di Marsio yozishicha:
«Qanot hujumchilari uchun «Atalanta», «Bolonya» va «Napoli» ishtirokida kurash qizg'in pallaga kirmoqda. «Neradzurrilar» Jonatan Rouga ega chiqishga urinishmoqda, ammo «Bolonya» ularning 35 million yevrolik ikkinchi taklifini rad etdi. Shu sababli «Atalanta» ham Noa Langni kuzatmoqda — bu futbolchi «Bolonya» uchun ham katta qiziqish uyg'otmoqda. Agar Rou jamoani tark etsa, «rossoblular» niderlandiyalik futbolchini transfer qilish uchun faol harakatlarni boshlashi mumkin.»
📌 «Napoli» Langni ijaraga berish bo'yicha barcha takliflarni rad etmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!