Calciomercato.it xabariga ko'ra, Roma klubi Bolonya hujumkor vingeri Jonaton Rou bilan bog'liq vaziyatni o'rganish uchun yana Bolonya bilan aloqaga chiqdi. Rimliklar ushbu futbolchini avvalroq ham kuzatib kelishayotgan edi.
Kastro-Dovbik transferidan so'ng, Rim klubi Bolonya o'yinchisi bilan muzokaralarni qayta boshlagani aytilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallangan.
Bolonya futbolchini taxminan 40 million yevroga baholamoqda. Bu katta summa bo'lsa-da, Romaning boshqa nishonlariga qaraganda qulayroq variant hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!