M. Bilich: «Martin Baturina «Real Madrid» uslubiga mos keladi»
Xorvatiya terma jamoasi sobiq futbolchisi M. Bilich «Komo» yarim himoyachisi Martin Baturinaning «Real Madrid»ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
M. Bilich (Xorvatiya terma jamoasi sobiq futbolchisi): «Menga «Komo» safida to'p surayotgan Martin Baturina juda yoqadi. O'ylashimcha, u «Madrid» o'yin uslubiga mos keladi. Umid qilamanki, qachondir u top-klubga o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi».
Qayd etish joizki, Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachini 55 million yevroga baholamoqda. Xorvatiyalik futbolchining «Komo» bilan shartnomasi 2030-yilga qadar mo'ljallangan.