📌 Ses Fabregas «Komo» rahbariyatiga har bir o'yin uchun rejani boshlang'ich hushtak chalinishidan 24 soat oldin taqdim etishi shart.
✔️ Bu klubdagi barchaga jamoa qanday reja asosida rivojlanayotganini va futbolchilar oldiga qanday vazifalar qo'yilganini tushunish imkonini beradi.
🔼 O'yindan so'ng Fabregas yana bir hisobot yuboradi, unda dastlabki reja qanchalik amalga oshirilganini baholaydi. Shu bilan birga, tahliliy shtab har bir futbolchining o'sishini kuzatib boradi.
🌐 «Komo» prezidenti Mirvan Suvarso klub uchun nafaqat natija, balki jamoa unga qanday yo'l bilan erishayotgani ham muhimligini ta'kidladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!