Petar Suchich «Inter»dagi faoliyati va jamoaning maqsadlari haqida gapirdi:
Men klubga, muxlislarga va ushbu jamiyatning bir qismi bo'lgan barcha insonlarga oshiq bo'ldim. Bu dunyodagi eng buyuk klublardan biri. Bu yerga kelmaguningizcha, uning qadrini tushunmaysiz. Men buni hayotimdagi eng to'g'ri qaror deb bilaman.
Murabbiyga hech narsa deyish shart emas deb o'ylayman, biz «Inter» sharafini himoya qilayotganimizni va har bir mavsum yangi sovrinlar yutish uchun imkoniyat ekanligini bilamiz. Biz doimo ko'proq narsani istaymiz. Qachonki bu ishtiyoqni yo'qotsam, futbol o'ynashni to'xtataman.
Men yarim himoyaning istalgan pozitsiyasida o'ynay olaman deb o'ylayman. Turli rollarni bajarish imkoniyati menga maydonga tushish uchun ko'proq imkoniyat beradi. Mister mendan hech qanday maxsus narsa so'ramadi. Agar ko'proq gol ura olsam, uraman. Agar golli uzatma bera olsam, buni qilaman. Ammo eng muhimi — mavsumni sovrinlar bilan yakunlash.
Skudettoni, Kubokni yutish va Chempionlar ligasida imkon qadar uzoqroqqa borish uchun bizga kuchli futbolchilar kerakligini bilamiz. Bizda ajoyib jamoa bor. Men shunchaki har kuni kechagidan ko'ra yaxshiroq bo'lishga harakat qilyapman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!