Kristian Kivu: «Men ikkinchi bo'limdan boshlayman, chunki birinchi bo'lim haqida aytishim kerak bo'lgan gaplar men va jamoa o'rtasida qoladi. Bu mutlaq haqiqat, men shunday o'ylayman va ular ham buni bilishadi. Shuning uchun men ikkinchi bo'lim haqida gapiryapman, biz ajoyib o'yin o'tkazdik. «Roma» — bu buyuk jamoa, juda chiroyli o'yin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda biz bor kuchimizni ishga soldik. Biz takror aytaman, jamoa bilan o'rtamizda qoladigan ayrim jihatlarni sayqallash ustida ishlashda davom etamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!