Mile Svilar «Roma» tarkibiga qaytishi mumkin
Mile Svilar barmog'idagi jarohatdan so'ng «Roma» safiga qaytishga yaqin. Darvozabon «Sassuolo» va «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinlarda qatnashishi mumkin.
Mile Svilar barmog'idagi sinishdan so'ng terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusgacha safga qaytishi mumkin.
Radio Manà Manà Sport Roma telekanali jurnalisti Rikkardo Trevizani ma'lumotiga ko'ra, darvozabonni «Roma»ning UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi safar o'yinida qaydnomada ko'rish uchun real imkoniyatlar mavjud. Shu bilan birga, uning «Sassuolo»ga qarshi bahsda maydonga tushishi deyarli kafolatlangan.