Matteo Lavelli o'z kelajagi va Pio Esposito haqida
Matteo Lavelli o'zining «Inter»dagi kelajagi va Pio Espositodan o'rnak olayotgani haqida gapirdi.
Matteo Lavelli o'z kelajagi va Pio Esposito haqida:
«Menda «Inter» bilan shartnoma bor va men imkon qadar yuqoriga ko'tarilishga umid qilib, shu yo'ldan boryapman. Hozirgi vaqtda men juda mamnunman.
Pio Esposito? Shubhasiz, men undan ko'p narsada o'rnak olaman. U ajoyib yo'lni bosib o'tdi, Serie B klublarida ijarada bo'ldi, bugun esa «Inter» va Italiya terma jamoasining eng muhim hujumchilaridan biri hisoblanadi. Shu bois men haqiqatan ham unga juda ko'p havas qilaman».