Kristian Vyeri: Pio Espozito – Luka Tonining kloni
Kristian Vyeri Pio Espozitoning salohiyatiga yuqori baho berdi va uni Luka Toniga qiyosladi.
Kristian Vyeri: «Bugun men Pio Espozitoda Luka Tonini ko'ryapman, unga vaqt bering, o'zingiz guvohi bo'lasiz. Yo'q, u yangi Vyeri emas, Pio Tonining kloniga aylanadi. Unga bir-ikki yil vaqt bering, u mavsumiga 25–30 ta gol uradi. Hozir u Lautaro va Tyuram bilan maktab o'tamoqda, keyin esa birinchi raqamli futbolchiga aylanadi».