Yann Zommer: "Inter" - men uchun abadiy uy"
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 35

Yann Zommer: "Inter" - men uchun abadiy uy"

Yann Zommer: "Inter" - men uchun abadiy uy"

Ikki karra Italiya chempioni "Inter" tarkibida - "San Siro"ga qaytishi haqida. Shveytsariyalik darvozabon "Bryugge" sharafini himoya qilmoqda, ushbu jamoa bilan Kivu shogirdlari ertaga Chempionlar ligasida to'qnash keladi.

- O'tgan mavsum "Inter"dagi faoliyatingiz uchun oxirgisi bo'lganidan xafa emasmisiz?
- Aslo yo'q. Klub bilan vaziyatni muhokama qildik va xayrlashish uchun eng yaxshi vaqt kelgan degan xulosaga keldik. Hammasi ajoyib edi, bizda juda yaxshi munosabatlar qoldi. Men "Inter" ranglarini va "San Siro"ni sevib qoldim: bu faoliyatimdagi aql bovar qilmas sahifa edi.
- Milanda o'z darajangizni ko'rsata oldingizmi?
- Buni aytish qiyin. Jamoa sifatida erishgan yutuqlarimizdan, shaxsan o'zim esa darvozabon sifatidagi o'yinimdan xursandman. Bu uch mavsumda "Inter" Italiyaning eng yaxshi jamoasi bo'ldi, o'ylayman-ki, hozir ham shunday. Bizning o'yin uslubimiz, ya'ni darvozadan o'yinni qisqa paslar bilan boshlash menga yoqardi. "Inter"da darvozabon deyarli ishsiz qoladigan o'yinlar ko'p bo'ladi, lekin u muhim qarorlar qabul qilishi kerak, ko'pchilik buni sezmaydi. Bu har doim ham ko'zga tashlanadigan "seyv"lar emas, lekin ular juda muhim. Men barqaror bo'lishga harakat qildim.
- "Inter"dagi sheriklaringizdan kimlar bilan aloqadasiz?
- Akanji bilan, biz ko'p yillar terma jamoada birga o'ynaganmiz. Vaqti-vaqti bilan Chalxanog'lu, Pavar va darvozabonlar murabbiylari bilan gaplashib turaman. "Inter" - men uchun abadiy uy, ertaga men safarda o'ynamayman.
- Sizning o'rningizga kelgan Xosep Martines allaqachon bir nechta xatoga yo'l qo'ydi. Unga qanday maslahat bergan bo'lardingiz?
- U mening maslahatlarimga muhtoj emas. Ajoyib darvozabon, yaxshi salohiyatga ega, juda yaxshi yigit: bizning munosabatlarimiz juda yaxshi edi. Bir nechta o'yinini ko'rdim va tanqidlarga qo'shilmayman: u yaxshi o'ynayapti, lekin "Inter"da bo'lish oson emas, bosim juda jiddiy. Uning bunday imkoniyatga ega bo'lganidan va Ispaniya terma jamoasiga chaqiruv olganidan xursandman: u bunga loyiq.
- "Inter" muxlislariga tilaklaringiz?
- Rahmat! Bu uchta ajoyib mavsum uchun rahmat. Xatolar, g'alabalar, aql bovar qilmas o'yinlar - bu vaqt ichida hammasi bo'ldi. "Inter" muxlislari - o'zgacha, xuddi "Inter"ning o'zi kabi. Ammo, uzr so'rayman, endi men "Bryugge" safida o'ynayapman va yana "San Siro"da g'alaba qozonishga umid qilaman.

Manba: «Gadzetta dello sport»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!