Adrien Rabio «Inter»ga qarshi derbida yana o'zini ko'rsatdi! Frantsiyalik futbolchi uchta goldan biriga mualliflik qildi va ta'sirli samaradorlik seriyasini davom ettirdi.
Rabio hisobida allaqachon 4 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. U 2004/05-yilgi mavsumdan buyon «Milan»ning ketma-ket beshta o'yinida golli harakatlarni amalga oshira olgan uchinchi yarim himoyachisiga aylandi. Bungacha bunday natijaga Kaka va Xakan Chalxanog'lu erishgan edi.
«Inter» ustidan qozonilgan g'alaba esa Adrien uchun Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi 250-g'alaba bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!