Inter qishki transfer oynasida faol bo'ladi
Sky Sport jurnalisti Andrea Paventi «Inter» qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun harakat qilishini kutmoqda.
Andrea Paventi [Sky Sport]: «Men «Inter» yanvar oyida transfer amalga oshirishini kutmoqdaman. Hech bo'lmaganda, ular urinib ko'rishadi. Ehtimol, himoya chizig'ida. Men transfer oynasi «Inter» tomonidan hech qanday faolliksiz o'tishini kutmayapman. Ular allaqachon tarkibni kuchaytirish va yetishmayotgan bo'g'inni qo'shish ustida ishlamoqda».