Federiko Dimarko «Inter» bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Inter» va Federiko Dimarko shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi. Futbolchi klubda qolishga tayyor.
«Inter» va Federiko Dimarko vakillari o'rtasida shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilish uchun uchrashuv rejalashtirilgan.
Futbolchining o'zi «neradzurrilar» safida o'ynashda davom etishni istamoqda va klub ham ushbu istakni to'liq qo'llab-quvvatlab, o'yinchini yuqori baholamoqda.
Barcha omillar tomonlar kelishuvga erisha olishidan dalolat bermoqda.
Gianluca Di Marzio