Udinese prezidenti Jampaolo Potstso kasalxonaga yotqizildi
Udinese klubi prezidenti Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Uning ahvoli barqaror.
Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.
"Udinese" matbuot xizmati xabar berishicha, klub prezidenti Jampaolo Potstso hozirda Udine shahridagi shifoxonada bo'lib, u yerga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.
Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida.
Potstso oilasi vaziyat ijobiy yakunlanishiga ishonch bildirgan holda, g'amxo'rlik, qo'llab-quvvatlash va e'tibor ko'rsatayotgan barchaga minnatdorchilik bildiradi.
Biz ham qo'llab-quvvatlash so'zlariga qo'shilamiz va Paronga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz!