Jampaolo Potstso pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.
"Udinese" matbuot xizmati xabar berishicha, klub prezidenti Jampaolo Potstso hozirda Udine shahridagi shifoxonada bo'lib, u yerga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.
Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida.
Potstso oilasi vaziyat ijobiy yakunlanishiga ishonch bildirgan holda, g'amxo'rlik, qo'llab-quvvatlash va e'tibor ko'rsatayotgan barchaga minnatdorchilik bildiradi.
Biz ham qo'llab-quvvatlash so'zlariga qo'shilamiz va Paronga tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!