Kosta Runyich: "Jamoani bu vaziyatdan olib chiqa olishimga ishonchim komil"
Kosta Runyich "Udineze"dagi qiyin vaziyatdan chiqib keta olishiga ishonmoqda. Klub rahbariyati esa murabbiylar borasida keskin qarorlar qabul qilishga moyil.
Runyich matbuot anjumanida shunday dedi:
"Men jamoani bu vaziyatdan olib chiqa olishimga ishonchim komil". U shuningdek, qo'shimcha qildi:
"Klub bunday muammolarni hal qilish bo'yicha katta tajribaga ega".
Shuni ta'kidlash kerakki, ko'plab shunday vaziyatlarda "Udineze" rahbariyati muammoni murabbiyni ishdan bo'shatish va yangisini tayinlash orqali hal qilgan. Ehtimol, Kosta uni qanday ssenariy kutayotganini allaqachon tushunib yetgandir?