Abel Balbo: «Roma» chempionlik uchun kurasha oladi
«Roma» va «Udineze» sobiq hujumchisi Abel Balbo rimliklarning chempionlik imkoniyatlari va Italiyadagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
«Roma» va «Udineze» jamoalarining sobiq hujumchisi Abel Balbo ushbu klublar o'rtasidagi uchrashuv arafasida Jan Pero Gasperini boshqaruvidagi jamoa haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida argentinalik futbolchi Italiyadagi faoliyati haqida gapirib, Franko Sensini yodga oldi va rimliklarning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini baholadi.