«Milan» — «Bolonya» uchrashuvini Xuan Luka Sakki boshqarib boradi
A Seriyaning 9-turi doirasidagi «Milan» — «Bolonya» uchrashuvini Xuan Luka Sakki boshqarib boradi. Hakamlar brigadasi tarkibi ma'lum.
«Milan» — «Bolonya» uchrashuvini boshqarib boradigan hakam ma'lum bo'ldi!
A Seriyaning 9-turidan o'rin olgan va chorshanba kuni «San-Siro»da soat 18:30 da boshlanadigan bahsni Xuan Luka Sakki boshqarib boradi.
👨⚖️ Hakamlar brigadasi:
Assistentlar: Bachchini va Dei Judichi
To'rtinchi hakam: Kolombo
VAR: Jua
AVAR: Paternal
📊 «Milan»ning Sakki boshqaruvidagi so'nggi oltita o'yinida uchta g'alaba va uchta mag'lubiyat qayd etilgan. Oxirgi marta u «rossonerilar» ishtirokidagi o'yinni 2025-yilning aprel oyida boshqargan, o'shanda jamoa «Udineze»ni 4:0 hisobida mag'lub etgandi.