Il Corriere dello Sport: Doniyell Malenning chetlatilishi bahsli bo'ldi
Il Corriere dello Sport nashriga ko'ra, «Komo» — «Roma» bahsida Doniyell Malenning chetlatilishidan oldin unga nisbatan qoidabuzarliklar e'tibordan chetda qolgan.
Il Corriere dello Sport: Doniyell Malen maydondan chetlatilishidan oldin unga nisbatan bir necha bor qoida buzilgani e'tibordan chetda qolgan.
Mikael Fabbri tomonidan Doniyell Malenning «Komo» — «Roma» uchrashuvida maydondan chetlatilishi xato qaror bo'lgan.
Qizil kartochka ko'rsatilgan epizoddan oldin «Komo» himoyachisi Ramon Malenga nisbatan ikki yoki uch marta qoida buzgan: uni maykasidan tortib, hujumni davom ettirishiga xalaqit bergan. Bu holatlar hakamning e'tiboridan chetda qolgan.
Shundan so'ng, jahli chiqqan Malen Kaykiga nisbatan qo'pol o'ynagan va to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan.
Jan Pero Gasperini hakam qaroriga keskin e'tiroz bildirgan bo'lsa-da, chetlatish o'z kuchida qoldi.
Endilikda Malen avtomatik ravishda A Seriyaning «Jenoa»ga qarshi navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi.