#Santyago Ximenes — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Milan 2026/27-yilgi mavsum uchun o'yin raqamlarini e'lon qildi

Milan 2026/27-yilgi mavsum uchun o'yin raqamlarini e'lon qildi

Milan 2026/27-yilgi mavsum uchun o'yin raqamlarini e'lon qildi. Leau 10-raqamni saqlab qoldi, Ximenes esa raqamsiz qoldi.

"Milan" 2026/27-yilgi mavsum uchun o'yin raqamlarini e'lon qildi. A Seriya starti oldidan "rossonerilar" o'z ro'yxatini taqdim etishdi va unda bir qator qiziqarli detallar bor 👀

Leau barcha mish-mishlarga qaramay, o'zining 10-raqamini saqlab qoldi.

Tomori, Fofana va Nkunku esa o'z raqamlaridan mahrum bo'lishdi.

Eng kutilmagan holat shundaki, Santyago Ximenes ham raqamsiz qoldi. Eslatib o'tamiz, meksikalik futbolchi transfer oynasi yopilgunga qadar "Milan"ni tark etishi mumkin.

Yangi raqamlar:

Gonsalu Ramush — №9
Diyeo Moreyra — №22
Modrich — №14
Menyan — №16

Ro'yxat hali yakuniy emasdek ko'rinadi. Biroq Leau va Ximenes bilan bog'liq vaziyat alohida e'tiborga loyiq. 👀

Latsio Santyago Ximenesni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Latsio Santyago Ximenesni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Latsio Santyago Ximenesni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Rim klubi allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

🚨 Latsio Santyago Ximenesni o'z safiga qo'shib olmoqchi!

Italiya matbuoti xabariga ko'ra, Rim klubi allaqachon meksikalik hujumchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Gennaro Gattuzo uni hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy maqsad sifatida ko'rmoqda.

💰 Asosiy muammo — moliyaviy masala. Latsio faqat sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilishi mumkin, Milan esa foydaliroq bitimni ma'qul ko'radi.

📊 Feyenoorddan o'tganidan so'ng, Ximenes rossonerilar safida 37 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq, o'tgan mavsum uning uchun jarohatlar va barqaror o'yin amaliyotining yo'qligi sababli qiyin kechdi.

👀 Shu bilan birga, Ruben Amorim yosh hujumchilar Andrey Kostich va Franchesko Kamardani kuzatishda davom etmoqda. Ular yaqinlashib kelayotgan o'rtoqlik o'yinlarida imkoniyatga ega bo'lishlari mumkin.

🤔 Sizningcha, Milan yozda Ximenes bilan xayrlashishi kerakmi?

O'ng ustun yangiliklari

Portu Santyago Ximenes transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Portu Santyago Ximenes transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Portu va Milan Santyago Ximenes transferi bo'yicha kelishuv shakli ustida muzokaralarni davom ettirmoqda. Futbolchi Portugaliya klubiga o'tishga rozi.

Portu Santyago Ximenesdan voz kechmayapti! Meksikalik futbolchi Portugaliya klubi bilan shaxsiy shartlar borasida kelishuvga erishgan, ammo klublar o'rtasida kelishuv shakli bo'yicha bahslar davom etmoqda.

Portu futbolchini tekinga ijaraga olib, 15 million yevro evaziga sotib olish huquqini qo'lga kiritishni taklif qilmoqda.

Milan esa pullik ijara va kelgusida sotib olish majburiyati bilan umumiy transfer summasini 20 million yevro atrofida bo'lishini istamoqda.

Muzokaralar davom etmoqda. Ximenes ketishni, Portu esa uni o'z safiga qo'shib olishni istaydi — klublar kelishib olishi qoldi. 👀