Portu Santyago Ximenes transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 19

Portu Santyago Ximenes transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

Portu Santyago Ximenesdan voz kechmayapti! Meksikalik futbolchi Portugaliya klubi bilan shaxsiy shartlar borasida kelishuvga erishgan, ammo klublar o'rtasida kelishuv shakli bo'yicha bahslar davom etmoqda.

Portu futbolchini tekinga ijaraga olib, 15 million yevro evaziga sotib olish huquqini qo'lga kiritishni taklif qilmoqda.

Milan esa pullik ijara va kelgusida sotib olish majburiyati bilan umumiy transfer summasini 20 million yevro atrofida bo'lishini istamoqda.

Muzokaralar davom etmoqda. Ximenes ketishni, Portu esa uni o'z safiga qo'shib olishni istaydi — klublar kelishib olishi qoldi. 👀

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!