Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi
Matteo Palma Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi. Himoyachi Germaniya, Avstriya va Kamerun variantlaridan voz kechdi.
Matteo Palma Italiya terma jamoasini tanladi.
Himoyachi yakunda «Adzurra» foydasiga tanlov qildi. Dastlab Roberto Manchini uni Millatlar ligasi o'yinlari uchun qaydnomaga kiritmagan edi, biroq Janluka Manchini jarohat olganidan so'ng, aynan Palma o'rnini to'ldirish uchun birinchi nomzodga aylandi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi Germaniya, Avstriya va Kamerun terma jamoalarida ham o'ynashi mumkin edi.