Matteo Palma hali qaysi milliy jamoada o'ynashini aniqlab olgani yo'q.
Kechagi "Udinese Tonight" teleko'rsatuvi vaqtida "Udineze" yosh himoyachisi Matteo Palma hali qaysi milliy jamoa sharafini himoya qilish bo'yicha yakuniy qarorga kelmaganini ma'lum qildi.
Palma Germaniya yoshlar terma jamoalarining barcha toifalarida to'p surgan. Biroq, kelib chiqishi tufayli 18 yoshli futbolchi hozirda to'rtta milliy jamoa: Italiya, Germaniya, Avstriya va Kamerun o'rtasida tanlov qilish imkoniyatiga ega. Uning otasi italyan-avstriyalik, onasi esa nemis-kamerunlik ildizlarga ega.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Manchini Palmani "Adzurra" foydasiga tanlov qilishga faol ko'ndirmoqda, biroq futbolchi hali yakuniy qarorini aytgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, shu yozda "Udineze" 18 yoshli iqtidorli himoyachi uchun Leverkuzenning "Bayer" va Dortmundning "Borussiya" klublaridan kelib tushgan 30 million yevrolik takliflarni rad etgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!