"Rossoneri" "Bornmut"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'ziga kelib oldi! Kristian Pulishich Luka Modrichning uzatmasidan so'ng hisobni ochgan bo'lsa, Omari Xatchinson Ardon Yasharining zarbasidan keyin qaytgan to'pni darvozaga yo'llab, "Milan" safidagi ilk golini urdi.
O'yin yakunlari bo'yicha eng yaxshi baholarni quyidagi futbolchilar olishdi:
Davide Bartezagi — 7/10
Kristian Pulishich — 7/10
Luka Modrich — 6,5/10
Ardon Yashari — 6,5/10
Omari Xatchinson — 6,5/10
Ruben Amorim jamoani tayyorlagani va Bartezagini qanotda yuqoriroq o'ynatish qarori uchun 6,5/10 ballga loyiq ko'rildi.
Kardinale "Milan"ning "Udineze" ustidan qozongan g'alabasini yuqori baholadi! Klub egasi "rossoneri"ning Yevropadagi muvaffaqiyatsizlikdan keyingi ruhiy barqarorligini ta'kidlab, jamoani yuqori intensivlik, to'pga egalik qilish va faol pressing uchun maqtadi.
Shuningdek, Ruben Amorim tarkibdagi rotatsiya va o'z vaqtida amalga oshirilgan o'zgarishlar uchun alohida e'tirof etildi.
Endi jamoani ikkita muhim sinov kutib turibdi: 28-oktyabr kuni "Bolonya"ga qarshi, 31-oktyabr kuni esa soat 20:45 da "Inter" bilan derbi bahsi bo'lib o'tadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!